Xitoy Superligasida mavsum yakuni kutilmagan darajada keskin va dramatik tus oldi. Jon Aloisi boshchiligidagi «Chengdu Rongcheng» klubi mavsum davomida ulkan ustunlikka ega bo'lib, o'z tarixidagi ilk chempionlikni qo'lga kiritishga juda yaqin kelgandi. Jamoa eng yuqori pog'onada 12 ochkora farq bilan borayotgan edi, biroq so'nggi turlardagi omadsizliklar barchasini o'zgartirib yubordi. Sobiq hujumchi Jon Aloisi boshqaruvidagi jamoa so'nggi 13ta o'yinda atigi 2ta g'alaba qozonib, qatorasiga uchta mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Natijada, ikkinchi o'rindagi «Dalian Yingbo» bilan farq atigi uch ochkogacha qisqardi. Endi chempionlik taqdiri so'nggi turda hal bo'ladi va «Chengdu Rongcheng»ga tarixiy sovrin uchun durang ham kifoya qiladi, biroq jamoaning hozirgi holati muxlislarni jiddiy tashvishga solmoqda. Mavsum boshlanishi ham birmuncha o'ziga xos tarzda kechgandi. Xitoy futbol assotsiatsiyasi, Jamoat xavfsizligi vazirligi va Sport bosh boshqarmasi tomonidan kelishilgan o'yinlar hamda korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi doirasida 16 ta klubdan 9 tasi mavsumni manfiy ochkolar bilan boshlagan edi. «Chengdu Rongcheng» noldan boshlagan kam sonli jamoalardan biri bo'lib, dastlabki 12 turda atigi 2 ochko yo'qotgan holda yaqqol peshqadamga aylangandi. Biroq chempionlikni rasmiylashtirish oxirgi oylarda jiddiy sinovga aylandi. 10 oktyabr kuni 40 mingdan ortiq muxlis g'alabani nishonlash uchun stadionga yig'ilganiga qaramay, «Tianjin Jinmen Tiger»ga qarshi o'yinda (0:1) so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol bayramni qoldirgandi. Shundan so'ng «Shanghai Port»dan uchralgan yirik (0:3) mag'lubiyat va ta'qibchi «Dalian Yingbo»ga qarshi bahsdagi 0:1 hisobidagi yutqazish vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Ushbu o'yinda jamoa penaltidan foydalana olmagani va VAR tomonidan so'nggi daqiqalarda urilgan gol bekor qilingani og'ir zarba bo'ldi. Qizig'i shundaki, «Chengdu» futbolchilari deyarli yetti soatdan beri raqib darvozasini ishg'ol eta olmayapti. Aksincha, «Dalian Yingbo» ketma-ket to'rtta g'alaba bilan ajoyib sport formasiga kirgan. Agar ular beshinchi g'alabani ham qo'lga kiritsa, «Chengdu» so'nggi turda «Shandong Taishan»ga qarshi safarda kamida durang o'ynashi shart bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Xitoy chempionatida g'olib o'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra aniqlanadi. Agar «Chengdu Rongcheng» bu imkoniyatni qo'ldan boy bersa, Osiyo futboli tarixidagi eng yirik qulashlardan biri sifatida yodda qolishi aniq.
Xitoy Superligasida sensatsiya: «Chengdu Rongcheng» o'z tarixidagi ilk chempionlikni boy berish arafasida

Jon Aloisi boshchiligidagi «Chengdu Rongcheng» klubi Xitoy Superligasining so'nggi turiga qadar chempionlik masalasini hal qila olmadi. Jamoaning 12 ochkolik farqi yo'qqa chiqib, ta'qibchi «Dalian Yingbo» bilan farq atigi 3 ochkogacha qisqardi.
Manba: The Guardian