«Birmingem Siti» klubi rasman bayonot berib, amerikalik futbol afsonasi Tom Bredi jamoani tark etganini tasdiqladi. Xabarda aytilishicha, chempionat peshqadami bo'lib turgan ingliz klubi NFL yulduziga o'zining doimiy qo'llab-quvvatlashi va ishonchi uchun minnatdorchilik bildirgan. Tom Bredining klubdagi faoliyati va qo'shgan hissasi jamoatchilik e'tiborida bo'lib kelgan edi. Ayni paytda «Birmingem Siti» Chempionshipda muvaffaqiyatli odimlashni va o'z oldiga qo'ygan yuqori maqsadlar sari harakatni davom ettirmoqda. Klub rahbariyati kelgusidagi rejalar va tarkibdagi o'zgarishlar borasida ishlarni davom ettirishini ma'lum qildi.