Ispaniya futbolida jiddiy va xavotirli holat yuzaga keldi. Mamlakat ikkinchi divizioni doirasida o'tkazilgan uchrashuvlarning birida «Tenerife» klubi hujumchisi Yesus de Migel o'yin davomida to'qnashuvga uchrab, qattiq jarohat oldi. Maydondagi vaziyat vaqtida futbolchi yurak xurujini boshdan kechirgan. Vaziya jiddiyligini tushungan tibbiyot xodimlari zudlik bilan maydonga kirib kelib, futbolchiga birinchi yordamni ko'rsatishdi. Shundan so'ng Yesus de Migel shoshilinch ravishda shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar tomonidan o'tkazilgan dastlabki tekshiruvlar va muolajalardan keyin futbolchining ahvoli barqarorlashgani ma'lum qilindi. Ushbu ko'ngilsiz hodisa futbol jamoatchiligi va muxlislarni qattiq tashvishga soldi. Hozirda barcha muxlislar va klub vakillari tajribali hujumchining tezroq sog'ayib safga qaytishini tilab qolishmoqda.