Shotlandiya chempionatida mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgan «Seltik»ning o'yini va natijalari jiddiy muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Ekspertlar Kris Satton va Iyen Makkall jamoaning so'nggi 10 ta o'yindagi 6 ta mag'lubiyatiga e'tibor qaratib, klubda pasayish kuzatilayotganini tahlil qilishdi. Shunga qaramay, bosh murabbiy Martin O'Neill tanqidlarga nisbatan qat'iy pozitsiyada qolmoqda.