EFL Chempionship doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvda «Rekshem» o'z maydonida «Vulverhempton» bilan 1:1 hesabida durang o'ynadi. Ushbu natija tufayli mehmonlar turnir jadvalida peshqadamlikka ko'tarilish imkoniyatidan mahrum bo'lishdi. Mazkur o'yinni «Rekshem»ning mashhur xo'jayinlari Rayan Reynolds va Rob Mak stadiondan bevosita kuzatib borishdi. O'yinning ilk daqiqalaridan har ikki jamoa ehtiyotkor harakat qildi. «Vulverhempton» o'z tarixida «Racecourse Ground» stadionida hali g'alaba qozonmagan bo'lib, bu safar ham bu an'ana o'zgarmadi. Shunga qaramay, uchrashuvning 25-daqiqasida Adam Armstrong hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi va ularga vaqtinchalik peshqadamlikni taqdim etdi. Biroq «Vulverhempton»ning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi. Oraldan atigi ikki daqiqa o'tib, Fil Parkinson shogirdlari muvozanatni tiklashdi. O'ng qanotdan Issa Kabore amalga oshirgan ajoyib uzatmani Lyuis O'Brayen bosh bilan darvozaga yo'llab, joriy mavsumdagi ilk golini kiritdi va hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo'lim davomida darvozabonlar bir necha bor o'z jamoalarini qutqarishga majbur bo'lishdi. Xususan, «Rekshem» darvozaboni Entoni Patterson Mateus Mane va Adam Armstrongning xavfli zarbalarini bartaraf etdi. Ikkinchi bo'limda esa «Vulverhempton» to'p nazoratini o'z qo'liga olib, g'alaba to'pini kiritishga urindi, ammo Patterson va himoyachilar ishonchli o'ynashdi. Uchrashuv yakuniga ko'ra jamoalar ochko bo'lishib olishdi. Ushbu durang «Rekshem» bosh murabbiyi Fil Parkinson zimmasidagi bosimni biroz yumshatgan bo'lsa, «Vulverhempton» o'zining mag'lubiyatsiz seriyasini oltita o'yinga yetkazdi.
«Rekshem» o'z maydonida «Vulverhempton» bilan durang o'ynab, raqibni peshqadamlikdan mahrum qildi

EFL Chempionship doirasida kechgan bahsda «Rekshem» va «Vulverhempton» jamoalari 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Mehmonlar safida Adam Armstrong gol urgan bo'lsa, mezbonlar safida Lyuis O'Brayen mavsumdagi ilk golini kiritib, jamoasiga muhim ochko olib keldi. Ushbu uchrashuvni klub egalari Rayan Reynolds va Rob Mak maydondan kuzatib borishdi.
Manba: ESPN