Sky Sports nashrining doimiy eksperti Pol Merson «Manchester Yunayted» jamoasining joriy mavsumdagi ko'ngilsiz natijalari hamda ularning kelgusi istiqbollari borasida o'zining navbatdagi tahlilini e'lon qildi. Mutaxassis «qizil iblislar»ning so'nggi paytlardagi o'yinini qattiq qoralab, klub yaqin haftalarda yanada og'ir ahvolsa qolishidan ogohlantirdi. Shanba kuni «Chelsi»ga qarshi kechgan uchrashuvda 2:0 hisobida mag'lub bo'lgan «Manchester Yunayted» Premyer-liganing quyi qismidan joy oldi. Jamoa barcha musobaqalarni hisobga olgan holda qariyb ikki oydan buyon g'alaba nimaligini bilmayapti va ichki chempionatda faqatgina «Ipsvich»ni taslim eta olgan xolos. Pol Mersonning ta'kidlashicha, jamoaning turnir jadvalidagi holati faqatgina to'plar nisbati evazigagina ularni so'nggi o'rinlardan saqlab turibdi. Ekspert dekabr oyining boshida «Koventri»ga qarshi o'yin o'tkazilishini eslatib, aynan o'sha vaqtga kelib jamoa quyi uchlikka tushib qolishiga shubha qilmayotganini yashirmadi. Shuningdek, Merson bosh murabbiy Maykl Karrikni ayblash noto'g'riligini, hatto Karlo Anchelotti, Arseen Venger, Joze Mourino yoki Ser Aleks Fergyuson kabi mutaxassislar ham hozirgi tarkib bilan natija ko'rsata olmasligini ta'kidladi. Uning fikricha, klubdagi asosiy muammo rahbariyatning transfer siyosatida yo'l qo'ygan xatolari va tarkibdagi muvozanatning yo'qligidadir. Ekspert jamoaning hujum chizig'i va yarim himoyasidagi transferlarni qattiq tanqid qildi. Uning aytishicha, sotib olingan futbolchilar mavsum davomida barqaror 20-25 ta gol uradigan darajada emas. Shuningdek, himoyani mustahkamlash o'rniga boshqa chiziqlarga e'tibor qaratilgani «suv ustiga uy qurish» bilan teng ekanini alohida ta'kidlab o'tdi.
Pol Merson: «Bir oydan keyin «Manchester Yunayted» quyi uchlikka tushib ketadi»

Sky Sports eksperti Pol Merson «Manchester Yunayted»ning so'nggi o'yinlarini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, jamoa yaqin orada quyi uchlikka tushib ketishi aniq va klubdagi muammolar Maykl Karrikning qo'lidan kelmaydigan darajada jiddiy tus olgan.
Manba: Sky Sports