Sky Sports uchun navbatdagi tahlilini yozgan Paul Mersonning fikricha, «Liverpul» yakshanba kuni o'z maydonida «Arsenal»ni taslim etmasa, Premier League chempionligi uchun kurashni davom ettirishi qiyin bo'ladi. Mutaxassis bu uchrashuv mersisaydliklar uchun mavsumdagi hal qiluvchi pallalardan biri ekanini ta'kidladi.