MLS doirasidagi yomg'irli kunda «Geodis Park» stadionida «Neshvill» va «New York Red Bulls» jamoalari o'zaro bahs olib bordi. Mezbonlar raqibning ikkita avtogoli hamda Sem Surrijning qo'shib berilgan daqiqalarda kiritgan goli evaziga 3:2 hisobida irodali g'alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyat «Neshvill»ga bir mavsumdagi ochkolar bo'yicha rekordni takrorlash imkonini berdi, shuningdek, mag'lubiyat Nyu-Yorkliklarning pley-offga chiqish imkoniyatlarini jiddiy qiyinlashtirdi.