Seshanba kungi matbuot xabarlariga ko‘ra, Maurisio Pochettino Angliya Premyer-ligasiga qaytish variantini rad etmaydi va agar taklif tushsa, «Manchester Yunayted»ni boshqarish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqadi. «Manchester Yunayted» so‘nggi qoniqarsiz natijalar fonida bosh murabbiy Maykl Kerrikni iste'foga chiqarishga yaqin turibdi. Shunga qaramay, klub direktori Jeyson Uilkoks boshchiligidagi rahbariyat terma jamoalar tanaffusidan foydalanib, vaziyatni chuqur tahlil qilmoqda va shoshilinch qaror qabul qilmaslikka harakat qilmoqda. Maurisio Pochettinodan tashqari, klubning yangi bosh murabbiy sifatidagi rejalarida Eddi Xau va Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Yulian Nagelsman ham tilga olinmoqda. Ayni paytda «Manchester Yunayted» turnir jadvalining quyi ligaga tushib ketish zonasida borayotgani jamoa atrofidagi bosimni yanada oshirmoqda. Shu bilan birga, Eddi Xau yaqinda «Kristal Pelas» tomonidan tushgan taklifni rad etgani ma'lum bo'ldi. U London klubida iste'foga chiqarilishi kutilayotgan Piyer Sajning o'rnini egallashni istamagan. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jordan Pikford hamon jamoaning asosiy darvozaboni ekanini ta'kidlab, kelgusida darvozabonlar bilan bog'liq boshqa tajribalarni ham sinab ko'rishi mumkinligini tan oldi. Shuningdek, sobiq futbolchi Pol Skoulz «Manchester Yunayted» o'yinlardan keyin muxlislar qarshisiga chiqib yurishini tanqid ostiga oldi. Geri Nevill esa bu kabi holatlar futbolchilarga ruhiy zarar yetkazayotganini ta'kidlab o'tdi.
Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted»ni boshqarish variantini ko‘rib chiqishga tayyor

Xabarlarga ko‘ra, Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biriga aylanishi mumkin. Shuningdek, klub rahbariyati Maykl Kerrikning taqdiri yuzasidan yakuniy qarorga kelishga shoshilmayapti. Eddi Xau va Yulian Nagelsman ham qizil iblislar e'tiboridagi mutaxassislar sirasiga kiradi.
Manba: Sky Sports