«Manchester Yunayted» klubining yuqori martabali rahbarlari jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrikning taqdirini hal qilish uchun Monakoda klub xo'jayinlaridan biri Ser Jim Ratkliff bilan uchrashishi kutilmoqda. Sport direktori Jeyson Uilkoks va bosh ijrochi direktor Omar Berrada jamoaning joriy mavsumdagi o'yinlarini chuqur tahlil qilib chiqib, 45 yoshli mutaxassisni egallab turgan lavozimidan ozod etish bo'yicha tavsiya berishga qaror qilishdi. Uilkoks va Berrada jamoaning umumiy ko'rsatkichlarini o'rganib chiqib, «Manchester Yunayted»ga yangi bosh murabbiy kerak degan xulosaga kelishgan. Ayni paytda AQSh terma jamoasini boshqarayotgan Maurisio Pochettino qizil iblislar uchun asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, Pochettino ushbu lavozimni egallashga qarshi emas. Uning AQSh futbol federatsiyasi bilan amaldagi shartnomasida 2030 yilgi Jahon chempionatiga qadar mo'ljallangan bitim mavjud bo'lib, agar u «Manchester Yunayted»ga o'tsa, ingliz klubi taxminan 7 million funt sterling miqdorida kompensatsiya to'lashi talab etilishi mumkin. Shuningdek, Eddi Xau ham Jeyson Uilkoksning e'tibor markazidagi mutaxassislar sirasida qolmoqda. Maykl Kerrik jamoaning barcha musobaqalardagi so'nggi 15 ta uchrashuvidan atigi 3 tasida g'alaba qozondi. Hozirda «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasida quyi ligaga tushib ketish zonasida bormoqda, Chempionlar ligasi umumiy jadvalida esa 17-o'rinni egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, 25-oktabr kuni «Bornmut»dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin ham Kerrikning iste'sosi keskin muhokama qilingandi. O'shanda Uilkoks va Berrada bazada yig'ilib uning taqdirini muhokama qilgan va terma jamoalar tanaffusiga qadar bo'lgan uchta o'yinda o'zgarish yasash uchun imkon bergandi. Biroq terma jamoalar tanaffusi oldidan qayd etilgan mag'lubiyat, g'alaba va durang hamda umumiy o'yin sifati rahbarlarni Kerrik bilan xayrlashish fikriga olib keldi. Klub ichida bosh murabbiy yaqin orada o'z ishidan ayrilishiga bo'lgan kutishlar keskin ortib bormoqda.
«Manchester Yunayted» rahbarlari Maykl Kerrikni iste'foga chiqarishni talab qilmoqchi

Xabarlarga ko'ra, «Manchester Yunayted» sport direktori Jeyson Uilkoks va bosh ijrochi direktor Omar Berrada Monakoda Ser Jim Ratkliff bilan uchrashib, bosh murabbiy Maykl Kerrikni iste'foga chiqarishni tavsiya qilishadi. Jamoaning qoniqarsiz natijalari va o'yinlardagi inqiroz rahbarlarni shunday keskin qadam tashlashga majbur qilmoqda. Shuningdek, AQSh terma jamoasi ustozi Maurisio Pochettino klubga kelishi mumkin bo'lgan asosiy nomzod sifatida ko'rsatilmoqda.
Manba: The Guardian