«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiy Maykl Kerrikning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan mutaxassislar borasida amaliy qadamlar tashlay boshladi. Xabarlarga ko'ra, qizil iblislar rahbariyati Maurisio Pochettino bilan rasmiy muzokaralarga kirishgan. Joriy mavsumdagi omadsiz natijalar va o'yinlardagi inqiroz fonida Maykl Kerrik egallab turgan lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda. Klub so'nggi yillardagi eng og'ir davrlardan birini boshdan kechirayotgani sababli, rahbariyat boshqaruvni kuchaytirish va vaziyatni o'nglash uchun tajribali murabbiy nomzodini jiddiy o'rganmoqda. Maurisio Pochettinoning Yevropaga qaytish ehtimoli va uning top-klublar bilan ishlash tajribasi «Manchester Yunayted» boshqaruvi e'tiborini tortganasosiy omillardan biri bo'lib turibdi. Hozircha tomonlar o'rtasidagi kelishuv yakuniga yetgani yo'q, biroq muzokaralar davom etmoqda. Klub rahbariyati jamoaning oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun tez fursatda keskin va to'g'ri qaror qabul qilishga intilmoqda. Agar kelishuv ijobiy yakunlansa, Pochettino jamoada yangi loyihani boshlashi mumkin. Maykl Kerrikning taqdiri esa yaqin kunlardagi rasmiy bayonotlar orqali uzil-kesil hal qilinishi kutilmoqda. Muxlislar va mutaxassislar klubdagi ushbu keskin o'zgarishlar jamoa o'yiniga qanday ta'sir qilishini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
«Manchester Yunayted» Maurisio Pochettino bilan muzokaralarni boshladi

«Manchester Yunayted» rahbariyati Maykl Kerrikning o'rniga Maurisio Pochettinoni olib kelish bo'yicha muzokaralarga kirishdi. Jamoaning so'nggi vaqtlardagi qoniqarsiz natijalari fonida bosh murabbiy o'z lavozimidan ayrilishi kutilmoqda. Hozircha tomonlar o'rtasidagi ehtimoliy tayinlov bo'yicha dastlabki muhokamalar davom etmoqda.
Manba: BBC Sport