«Manchester Siti» ishqibozlari yillar davomida «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» kabi klublar ularga qarshi til biriktirganini iddao qilib kelishadi. Klubning jazolanishi ortida aynan shunday omillar borligini ta'kidlayotgan muxlislar bu orqali aybni boshqalarga ag'darishga urinishmoqdami yoki ularning haqli e'tirozlari bormi? Mutaxassislar ushbu holat yuzasidan o'z qarashlarini bildirib, vaziyatning kelib chiqish sabablarini tahlil qilishmoqda.