Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente yosh iqtidor egasi Lamin Yamalga nisbatan imtiyozli munosabatda bo'linayotgani haqidagi fikrlarga qarshi chiqdi. Avvalroq hujumchining milliy jamoa yig'iniga kechroq kelib qo'shilgani jamoatchilik va OAVda turli muhokamalarga sabab bo'lgan edi. Biroq murabbiy bu kabi iddaolarni yolg'on deb atab, futbolchining ahvoli va sog'lig'i doimiy nazoratda ekanini ta'kidladi. Luis de la Fuentesining so'zlariga ko'ra, barcha o'yinchilarga bir xil talablar qo'yiladi va hech qanday imtiyozlar haqida gap ketmaydi. U Lamin Yamal kabi yosh futbolchilarni ortiqcha bosimdan asrash va ularning jismoniy holatini to'g'ri boshqarish muhimligini qayd etdi. Shuningdek, murabbiy matbuotda tarqalayotgan ba'zi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini va vaziyatni bo'rttirib ko'rsatishayotganini bildirdi. Ispaniya terma jamoasi oldinda turgan muhim uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda, Yamalning holati va uning jamoadagi o'rni murabbiylar shtabi e'tiborida qolmoqda. De la Fuente jamoa ichidagi muhit sog'lom ekanini va barcha futbolchilar bo'lajak o'yinlarga to'liq e'tibor qaratganini ta'kidladi.
Luis de la Fuente Lamin Yamalga nisbatan imtiyozlar berilgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamalga g'amxo'rlik ko'rsatilayotgani va unga maxsus imtiyozlar berilgani haqidagi gaplarni keskin tanqid qildi. Mutaxassis futbolchining terma jamoaga kechroq qo'shilganini izohlab, bu boradagi ayblovlarni asossiz deb atadi.
Manba: ESPN