UEFA Millatlar ligasi A3 guruhi doirasida «Wembley» stadionida kechgan uchrashuvda Angliya terma jamoasi Xorvatiyani 2:1 hisobida taslim etdi. Mazkur g'alaba inglizlarga turnirning chorak final yo'llanmasini ta'minladi. Uchrashuv Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Forvard milliy jamoa safidagi o'yinlar sonini 126 taga yetkazib, afsonaviy darvozabon Piter Shilton rekordini ortda qoldirdi va mamlakatning eng ko'p maydonga tushgan futbolchisiga aylandi. O'yinning 24-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Harri Keynning chuqurlikdan bergana ajoyib uzatmasini Jud Bellingem qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berdi, Morgan Rojers эса to'pni darvozaga kiritib, hisobni o'zgartirdi. Ikkinchi bo'yim boshida xorvatlar muvozanatni tiklashdi. Jarrell Kuansaning darvozabon Jordan Pikfordga bergan o'ta sust boshi bilan uzatmasidan Petar Sucic unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Ko'p o'tmay, Kuansa o'z xatosini o'zi to'g'riladi. Burchak to'puridan uzatilgan to'p vaqtidaIvan Smolcic tomonidan jarima maydonchasida yiqitilgani uchun hakam Angliya darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini ishonchli ijro etgan Harri Keyn o'zining milliy jamoadagi 92-golini urib, jamoasiga g'alaba keltirdi va rekord oqshomini bayramga aylantirdi. Uchrashuv so'nggida mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun bir nechta qulay imkoniyatlarga ega bo'lishdi, biroq Nikola Vlasich va Ante Budimirlarning zarbalari noaniq ketdi. Ushbu g'alabadan so'ng Angliya terma jamoasi A3 guruhida keyingi bosqich masalasini hal qildi. Biroq bosh murabbiy Tomas Tuchel jamoaning ko'rsatgan o'yini hali talab darajasida emasligini va yakshanba kuni Madridda amaldagi jahon chempioni Ispaniyaga qarshi kechadigan bahsda yanada kuchliroq o'ynash lozimligini ta'kidladi.
Harri Keyn rekord o'rnatgan o'yinda Angliya Xorvatiyani taslim etib, Millatlar ligasi pley-offiga yo'l oldi

UEFA Millatlar ligasi doirasida o'tgan uchrashuvda Angliya terma jamoasi o'z maydonida Xorvatiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Milliy jamoa safidagi 126-o'yinini o'tkazib, Piter Shilton rekordini yangilagan Harri Keyn penaltidan g'alaba golini urdi. Ushbu muvaffaqiyat Tomas Tuchel shogirdlariga muddatidan avval pley-off yo'llanmasini ta'minladi.
Manba: Sky Sports