«Manchester Yunayted»ning joriy mavsumdagi ko'ngilsiz natijalari va chuqur inqirozi mutaxassislarni ham befarq qoldirmayapti. Klubning sobiq sardori Geri Nevill jamoaning hozirgi holatidan qattiq xavotirda ekanini tan oldi. Uning fikricha, «qizil iblislar» boshidan kechirayotgan qiyin davr chinakamiga tashvishlanarli tus olmoqda.