Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo kutilmaganda FIFA prezidentligi uchun saylovda Janni Infantinoga qarshi kurashadigan asosiy nomzodlardan biriga aylandi. Xabarlarga ko'ra, uning nomzodi seshanba kuni UEFA tomonidan rasman tasdiqlanishi mumkin. Mart oyida bo'lib o'tadigan FIFA saylovlarida qatnashishni rejalashtirganlar uchun ariza topshirish muddati chorshanba kuniga belgilangan bo'lib, UEFA so'nggi daqiqalargacha Infantinoga qarshi raqobat qila oladigan kuchli nomzodni qidirib kelayotgan edi. Oldinroq taniqli sobiq futbolchi yoki murabbiyni nomzod qilib ko'rsatish rejalari amalga oshmagach, Filipp Diallo asosiy favorit sifatida yuzaga chiqdi. Shunga qaramay, boshqa nomzodlar ham ko'rib chiqilishi mumkinligi aytilmoqda. UEFA ijroiya qo'mitasi dushanba kuni mazkur masalani muhokama qiladi va tashkilotga a'zo 55 ta milliy assotsiatsiyaning ma'qullashi talab etiladi. Eslatib o'tamiz, Filipp Diallo sentabr oyida Janni Infantinoni keskin tanqid qilib, uning faoliyati futbolning imji va birligiga jiddiy putur yetkazganini, shuningdek, ishonch yo'qolganini ta'kidlagan edi. Hozircha Yaponiya futbol assotsiatsiyasining faxriy prezidenti Kozo Tashimaning ham saylovdagi ishtiroki davom etayotgani yoki yo'qligi noma'lumligicha qolmoqda. UEFA rahbariyati Diallo dunyoning boshqa mintaqalaridagi ovozlarni jalb qilish imkoniyati yuqoriroq deb hisoblayotgani ta'kidlanmoqda. Avvalroq UEFA taniqli sobiq yulduzlar yoki murabbiylar orasidan nomzod topishga harakat qilgan edi. Jumladan, Arsen Vengerning saylovda qatnashishi haqida umidlar bo'lgan, biroq sobiq murabbiy bu fikrdan qaytgan. Shuningdek, Mikael Silvestr va Didye Drogba kabi sobiq futbolchilar ham qiziqish bildirgan, biroq muzokaralar natija bermagan.
Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Filipp Diallo FIFA prezidentligi uchun kurashishi mumkin

Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo kutilmaganda FIFA prezidentligi uchun saylovda qatnashishi mumkin bo'lgan asosiy nomzodga aylandi. Uchrashuvda UEFA tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan nomzod masalasi muhokama qilinib, yakuniy qaror seshanba kuni e'lon qilinishi kutilmoqda. Agar Diallo bu lavozimga da'vogarlik qilsa, u amaldagi rahbar Janni Infantinoning asosiy raqibiga aylanishi mumkin.
Manba: The Guardian