«Everton» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa yarim himoyachisi Jek Grilishning klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, futbolchining jamoaga qaytishi uchun imkoniyatlar mavjud, biroq uning qachon yana maydonga tushishi hozircha noma'libligicha qolmoqda. 31 yoshli futbolchi so'nggi haftada «Nyukasl»ga qarshi kechgan ikkita o'yinni ham o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Manchester Siti klubidan ijaraga olingan yarim himoyachi intizomiy muammolar sababli Liga kubogi doirasidagi bahs qaydnomasiga kiritilmagan edi. Klub qaroriga ko'ra, bunga futbolchining mashg'ulotlarga ruxsatsiz kelmagani sabab bo'lgan. Shuningdek, «Sent-Jeyms Park»da o'tgan APL uchrashuvida ham Grilish maydonga tushmadi. Uchrashuvdan keyingi intervyuda Devid Moyes vaziyatga oydinlik kiritib o'tdi. «U hozircha safda yo'q va biz klub bilan birgalikda uning qachon qaytishi mumkinligini hal qilamiz», – dedi murabbiy. Jismoniy holat bo'yicha berilgan savolga esa u faqatgina futbolchining hozircha o'ynay olmasligini qo'shimcha qildi. Intizomiy masalalar yuzasidan savolga javob berar ekan, Moyes bu mavzu yuzasidan izoh berolmasligini bildirdi. «Everton» o'zining navbatdagi uchrashuvini o'z maydonida «Koventri»ga qarshi o'tkazadi va murabbiy Grilishning shu o'yingacha tayyor bo'lishi aniq emasligini tan oldi. Shunga qaramay, Grilishning jamoada kelajagi bormi, degan savolga Moyes qat'iy javob qaytardi: «Albatta, bor». Eslatib o'tamiz, Jek 2021-yilda «Manchester Siti»ga 100 million funt sterling evaziga o'tgan bo'lib, hozirda «Everton»da o'z faoliyatini qaytadan boshlashga harakat qilmoqda.
Devid Moyes: «Jek Grilishning «Everton»dagi kelajagi o'z qo'lida»

«Everton» bosh murabbiyi Devid Moyes intizomiy muammolar sababli tarkibdan chetlashtirilgan Jek Grilishning jamoaga qaytishiga imkoniyat borligini aytdi. Tajribali mutaxassis futbolchining qachon safga qaytishi hozircha noma'lumligini ta'kidladi.
Manba: BBC Sport