«Chelsi» rahbariyati o'z xodimlarini Fantasy Premier League (FPL) ilovasidan foydalanish masalasida qattiq ogohlantirdi. Bungacha jamoa futbolchisi Joao Pedroning jarohati bilan bog'liq tafsilotlar xodimlarning FPLdagi tarkib tanlovlari orqali bilib-bilmay tashqariga sizib chiqqani aniqlangandi. Futbol klublarida maxfiylik va tarkibga oid ma'lumotlarning o'z vaqtida oshkor bo'lmasligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan londonliklar klub ichida har qanday ma'lumot sizib chiqishining oldini olish choralarini ko'rmoqda. Joao Pedroning jarohati atrofidagi ushbu vaziyat murabbiylar shtabini xavotirga solgan. Klub mutasaddilari shunga o'xshash holatlar kelgusida takrorlanmasligi uchun xodimlarga qat'iy ko'rsatmalar berishdi. Fantasy Premier League o'yini butun dunyo bo'ylab millionlab muxlislar qatori futbol klublari xodimlari va mutaxassislari orasida ham juda mashhur. Biroq shaxsiy jamoalarni tuzish jarayonida real tarkibdagi o'zgarishlar va jarohatlar haqidagi ma'lumotlarning ijtimoiy tarmoqlarga chiqib ketishi jamoa uchun qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. «Chelsi» rahbariyati bo'lib o'tgan voqeadan tegishli xulosa chiqargan holda, kelgusida bunday holatlarning oldini olishga harakat qilmoqda.