August Priskedan dubl va Alex Cochranening goli «Birmingham»ga «Lincoln» ustidan 3:1 hisobida g'alaba keltirdi hamda jamoani vaqtincha ikkinchi o'ringa olib chiqdi. Shuningdek, tur doirasidagi boshqa bahslarda «Norwich» «Watford»ga qarshi o'yinda ikki to'p farqini yo'qqa chiqarib, iroda ko'rsatdi. «Preston» esa «Stoke City»ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin turnir jadvalining so'nggi pog'onasida qolmoqda.