Angliya ayollar Superligasida «Arsenal» o'z maydonida «Aston Villa» bilan durang o'ynadi. Chasity Grantning golidan keyin mehmonlar oldinga o'chiqib olgan edi, biroq uchrashuv yakuniga yaqin Alessia Russo kiritgan gol «qizil-oqlar»ga bir ochkoni taqdim etdi. Ushbu natija bosh murabbiy Renee Slegers jamoasidagi bosimni biroz oshirdi.